Image



 

Ko'rsatkich 16% ga oshdi

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda 79,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 11 trillion so‘mdan ortiq yoki 16 foizga oshgan.

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 30 ming korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan. Ularning 6,7 ming nafari yoki 22,4 foizi Toshkent shahrida joylashgan.

Agentlik shuningdek, yilning birinchi olti oyida qurilish ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi:

  • bino va inshootlar qurilishi 54,9 trln so‘mni tashkil etdi;
  • fuqarolik obyektlari – 16,8 trln so‘m;
  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 7,9 trln.