O'tgan yili eksport qariyb $160 mlnni tashkil etdi
Qozog’iston O’zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining asosiy xaridoridir. Bu haqda «O’zsanoatqurilishmateriallari» matbuot xizmati xabar bermoqda.
O’tgan yili O’zbekiston Qozog’istonga 14 turdagi qurilish materiallari va xomashyosini $158,4 mlnga eksport qildi. Joriy yilning birinchi olti oyida eksport hajmi $87,5 mlnni tashkil etdi.
Eslatib o’tamiz, 2023 yilda O’zbekistondan Qozog’istonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi rekord darajada $22,2 mlnga yetdi.