Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi shu kunlarda Germaniyaning Kyoln shahrida bo'lib o'tayotgan Umumjahon ko'rgazma sanoati uyushmasining (UFI) 91 Global kongressida O'zbekistonni taqdim etmoqda.
UFI'ning sertifikatlangan a'zosi bo'lib, Iteca Exhibitions 55 mamlakat va mintaqalardan 550 ta yetakchilari orasida 2024-yilning yakunlarini sarhisob qilishda ishtirok etmoqda. 2024-yil kompaniya uchun ajoyib yil bo'ldi: Iteca Exhibitions'ning 29-ko'rgazma mavsumi o’z ichiga 20 ta ko'rgazma, 4 ta forum va 10 ta seminarni qamrab oldi. Tadbirlar 57 mamlakatdan 113 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi, 4 517 kompaniya va brend, 141 spiker, 2 515 delegatni o’z maydonlarida to'pladi.
Ko'rgazmalar 576 ta mahalliy kompaniyalarni jalb qildi, bu o'tgan yilga nisbatan 153 taga ko'p. An'anaviy tarzda, tadbirlar iqtisodiyotning strategik yo'nalishlarini, shu jumladan qurilish, oziq-ovqat sanoati, sog'liqni saqlash, neft va gaz, transport, to'qimachilik mashinasozligi, energetika, kimyo, mashinasozlik sohalarini qamrab oldi.
UFIga a'zolik Iteca Exhibitions ko'rgazmalarining sifat va mamlakat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi, ishtirokchilar soni va umuman tadbirlar sifatini mustaqil monitoring qilish orqali tan olingan dalil ekanligidan faxrlanamiz.
Bugungi kunda Iteca Ehibitions ko’mpaniyasining to'rtta flagman ko'rgazmasi, ya’ni – UzBuild (Xalqaro "Qurilish" ko'rgazmasi), TIHE (Toshkent xalqaro "Sog'liqni saqlash" ko'rgazmasi), CAITME (Markaziy Osiyo xalqaro "To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari" ko'rgazmasi) va OGU (Xalqaro "O'zbekiston neft va gazi" ko'rgazmasi va anjumani) UFI tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan tadbir maqomiga egadir.
Trendlar va innovatsiyalarga rioya qilgan holda, kelgusi yil yanada muvaffaqiyatli bo'lishi kutilmoqda: Iteca Exhibitions yillik ko'rgazmalarining ro'yxatiga interyer dizayni va go'zallik ko'rgazmalari qo’shiladi. Kompaniya ishtirokchilarni hayratda qoldirishga tayyorlanmoqda, bu esa ishtirokingizni https://iteca.uz/ru/kalendarx-sobtij' da bron qilishning ayni vaqti keldi, degani.
Ma'lumot uchun, UFI global kongressi ko'rgazma sanoatining eng yirik yillik yig'ilishi bo'lib, strategik muhim mavzular bo'yicha bilim olish va ko'rgazma sanoati hozirda duch kelayotgan dolzarb tendentsiyalar va muammolarni muhokama qilish uchun platformadir.