Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich 25 martagacha oshiradi. Bu haqda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Iran Sharxanga tayanib, “Kursiv media” xabar berdi.
Foto: Bloomberg
O‘zbekistonga 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich 12,8 million tonnagacha ko‘mir yetkazib berish ko‘rib chiqilmoqda. Eksport yo‘nalishlari kengayadi”, — dedi u Ostonadagi to‘rtinchi ko‘mir forumida.
Vazir o‘rinbosari ko‘mir sanoati elektr energiyasining qariyb 70 foizini ishlab chiqarishni, koks ishlab chiqarishdan 100 foiz foydalanishni ta’minlashini hamda ichki sektor va mamlakat aholisining yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirishini eslatdi.
2022-yilda Qozog‘istonning ko‘mir qazib olish korxonalari tomonidan 113,9 million tonna ko‘mir qazib olingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,9 foizga ko‘pdir.
2022-yilda Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan tashqariga 701,5 million dollarlik 9,8 million tonna ko‘mir eksport qildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonga 13,6 million dollarga 487,9 ming tonna Qozog‘iston ko‘miri olib kelingan.
Avvalroq Yevropa foydalanilmayotgan ko‘mir uchun Osiyodan xaridor qidira boshlagani haqida xabar berilgandi.